Janubiy Sudanda samolyot halokatga uchradi
Xalqaro "Samaritan's Purse" xayriya tashkiloti uchun oziq-ovqat yordami olib ketayotgan samolyot Janubiy Sudanning Yuniti hududida halokatga uchradi. Natijada uch nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda tashkilot vakili bayonot bergan.
"Samaritan's Purse" direktori o‘rinbosari Bikram Ray "Reuters" agentligiga aytishicha, "Nari Air" kompaniyasiga qarashli uchoq poytaxt Jubadan suv toshqini tufayli ko‘chirilgan odamlar uchun ikki tonna yuk olib ketayotgan ekan.
– Jamoamiz halokat joyiga yetib keldi va men chuqur qayg‘u bilan uch nafar ekipaj a’zosi vafot etganini xmb’lum qilaman, – dedi u.
Samolyot ertalab soat 8 atrofida Sudan bilan chegaradosh hududda, neftga boy Ler okrugidagi uchish-qo‘nish yo‘lagidan taxminan 20 kilometr masofada halokatga uchragan.
"Nari Air" ma’muriyati izoh so‘rab qilingan telefon qo‘ng‘irog‘iga javob bermagan. Samolyotning rusumi hozircha ma’lum emas.
M.Pirmatova, O‘zA