Janubiy Sudanda qurolli to‘qnashuv: qurbonlar bor
Janubiy Sudanning Ruveng okrugidagi Abiyemnom tumanida sodir etilgan qurolli hujum oqibatida 169 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, 1-mart kuni o‘nlab mahalliy qurollangan yoshlar Abiyemnom tumanidagi bozorlar va uylarga o‘t qo‘ygan.
Mamlakat armiyasi hujum qilganlarni hududdan haydab chiqargan va hozirda Abiyemnom tumani ma’murlari vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda. Ruven viloyatida uch kunlik motam e’lon qilindi.
G.Sattorova, O‘zA