Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Sudanda inqiroz avj oldi
18:25 / 2026-02-24

Janubiy Sudanning Jongley shtatida qurolli to‘qnashuvlar yana avj olib, so‘nggi haftalarda qariyb 280 000 kishi uyini tark etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyat iqlim o‘zgarishi, qashshoqlik va zo‘ravonlik bilan qo‘shilib, gumanitar inqiroz yanada og‘irlashmoqda. Bu haqda APP yozmoqda.

O‘tgan yil dekabr oyi oxirida hukumat qo‘shini va muxolifat o‘rtasida jang zo‘rayib, markaziy va shimoliy hududlarda ommaviy ko‘chish kuzatildi. Odamlar ochiq maydonda yoki muvaqqat boshpanada yashayapti. Oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalar tanqisligi kuchaygan. Bozorlar ishlamayapti, qishloq xo‘jaligi faoliyati izdan chiqqan.

Xavfsizlik muammosi sabab holat yanada murakkablashmoqda: yordam xodimlari halok bo‘lyapti, karvonlar talon-taroj qilinmoqda. Shifoxonalarga yuzlab o‘qdan jarohatlanganlar kelyapti. 13 tibbiy muassasa vayron qilingan yoki faoliyatdan to‘xtagan. Og‘ir yuqumli kasalliklar tarqalishi tezlashib, 2025-yil sentabridan buyon mamlakat bo‘ylab 98 000 ga yaqin xastalanish, minglab o‘lim holati qayd etilgan.

BMT Favqulodda yordam bo‘yicha vakili Tom Fletcher hozirgi vaziyatni “zo‘ravonlik, iqlim zarbasi va muhtojlik birlashgan mukammal bo‘ron” deb atadi. Mutaxassis zudlik bilan tinchlik jarayonini tiklash va aholi xavfsizligini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan.

Musulmon Ziyo, O‘zA