Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Osiyo bo‘yicha OOK Vitse-prezidenti: O‘zbekiston Yoshlar Osiyo o‘yinlarini qabul qilayotganidan mamnunman (+video)
15:36 / 2026-01-26

Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasida Janubiy Osiyo bo‘yicha OOK Vitse-prezidenti, Butan Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shahzoda Jigyel Ugyen Vangchuk ham ishtirok etmoqda.

Oliy martabali mehmon O‘zA muxbiriga intervyu berib, mazkur anjuman Toshkent shahrida o‘tkazilayotgani O‘zbekistonning xalqaro sport maydonidagi o‘rni va kelgusida yirik sport tadbirlarini qabul qilish salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.  

– Assambleya O‘zbekiston uchun katta imkoniyat, chunki xalqaro sport jamoatchiligining e’tibori sizning go‘zal mamlakatingiz, madaniyatingiz, merosingiz va sport faoliyatingizga qaratilmoqda. Bugun kengash Bosh Assambleyasi doirasida 45 dan ortiq davlatlarning Milliy Olimpiya qo‘mitalari vakillari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston 2029 yilda Yoshlar Osiyo o‘yinlarini ham qabul qilishi mamlakatda sport siyosatiga oid qator ishlar qilinayotganidan darak beradi. Men bundan juda mamnunman.  

Sportning ta’siri juda katta deb hisoblayman – u iqtisodiyotga, madaniyatga va milliy o‘zlikka kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kun nafaqat Osiyo Olimpiya kengashi, balki umuman sport uchun ham tarixiy ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Chunki OOKga yangi prezident saylandi. Bu muhim voqelik ham Toshkentda o‘tkazildi.  

Qatar Olimpiya qo‘mitasi prezidenti shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy Osiyo Olimpiya kengashi raisi etib saylandi. Uning yetakchiligi kelasi ikki yarim yilda Osiyoda sportning muhim masalalariga xizmat qilishiga ishonaman.  

<iframe width="412" height="732" src="https://www.youtube.com/embed/Mg7VQLn6HII" title="OOK Vitse-prezidenti: O‘zbekiston Yoshlar Osiyo o‘yinlarini qabul qilayotganidan mamnunman" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV,  

Ulug‘bek TO‘XTAEV (video),  

O‘zA