Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Shimolni denuklearizatsiyaga chaqirdi
20:20 / 2022-05-10

Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Yun Sok Yol agar KXDR denuklearizatsiyaga o‘tsa (yadrosizlanish) Shimolni rivojlantirishga va uning fuqarolariga yordam berishga va’da berdi, deb ma’lum qilmoqda RIA Novosti.

Yun Sok Yol o‘zining inauguratsiyasi marosimida so‘zga chiqib yana bir bor Shimoliy Koreyani yadro qurolini rivojlantirishni bas qilishga, denuklearizatsiyaga o‘tishga hamda muzokaralarga intilishga chaqirdi.

Yun Sok Yolning ta’kidlashicha, Janubiy Koreya xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda Shimoliy Koreya fuqarolarining turmush darajasini yaxshilashga va KXDR iqtisodiyotini yuksaltirishga yordam berishga va’da bergan. “Faqat buning uchun Shimol yadro qurolini rivojlantirishni bas qilishi va haqiqatan ham denuklearizatsiyaga o‘tishi talab qilinadi”, deyiladi xabarda.

Yangi prezidentning inauguratsiyasida mehmonlar safida Buyuk Britaniya, O‘zbekiston, Yaponiya delegatsiyalari ishtirok etgan. Shuningdek, marosimda AQSH vitse-prezidenti Duglas Emxoff, Xitoy vitse-prezidenti Van Sishan va Singapur prezidenti Xalima Yakob hozir bo‘lgani aytilmoqda.