Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti rafiqasiga hukm o‘qildi
Janubiy Koreyaning Seul markaziy okrug sudi mamlakat sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xini bir yil-u, sakkiz oy muddatga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi.
Hakamlar javobgar “Birlashuv cherkovi” – “Unification Church” diniy tashkiloti vakillaridan noqonuniy tarzda qimmatbaho sovg‘alar olishda aybli, deb topdi. Kim Gon Xi aksiyalar narxini sun’iy ravishda oshirishga qaratilgan firibgarlik hamda siyosiy jamg‘armalar to‘g‘risidagi qonunni buzish kabi boshqa ayblovlar bo‘yicha oqlandi.
D.Hakimov, O‘zA