Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy koreyalik shifokorlar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
15:53 / 2023-12-06

FOTOREPORTAJ

Buxoro shahridagi “Bukhara Himchan Hospital”da Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan tibbiyot vakillaridan iborat mutaxassislar ishtirokida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Aksiyada Janubiy Koreyaning “Kyungpook National University Chilgok Hospital”ning reabilitolog, revmatolog, akusher-ginekolog, mammolog, stomatolog va UTT shifokorlari tomonidan aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Davolanish istagida bo‘lgan va xastaligi bo‘yicha murojaat qilgan 557 nafar fuqaroga tibbiy muolajalar ko‘rsatilib, kerakli zarur tavsiyalar hamda kasalliklarning oldini olish, profilaktika qilish usullari, sog‘lom turmush tarzi va faol jismoniy harakatning inson salomatligiga foydasi tushuntirildi.

Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida 4 nafar bemorga Janubiy koreyalik professor neyroxirurg Pak Ki Su hamda mahalliy neyroxirurg shifokorlar Erkin Xayatov, Jamshid Mardanov tomonidan xayriya jarrohlik amaliyoti ko‘rsatildi.  

[gallery-14925]

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA