FOTOREPORTAJ
Janubiy Koreyaning Bueo shahri hokimi boshchiligidagi delegatsiya o‘zaro hamkorlik yo‘lida Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
Mehmonlar tumanda pomidorni qayta ishlashga ixtisoslashgan “Muhammadali Hamkor Biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 527 gektar dala maydonida bo‘lib, so‘ng korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Ma’lumot uchun aytish kerakki, tumanning eng olis hududida joylashgan ushbu korxonada Paxtachi, Qo‘rg‘oncha, Birlik kabi yaqin-atrofdagi mahallalardan 400 nafardan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan. Bu yerda hozirga qadar qayta ishlangan 2 ming tonnadan oshiq tomat mahsulotlari “IDEAL TOMAT” yorlig‘i bilan Rossiya Federatsiyasiga eksport qilindi.
[gallery-12231]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA