Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy koreyalik Kim Sanguk – “O‘zbek madaniyati elchisi”
10:00 / 2025-11-28

Janubiy Koreyaning Kvandju shahridagi Milliy Osiyo madaniyat markazi muzeyida Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O‘zbekistonning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan "Ipak yo‘lidagi ko‘chmanchilar" xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, ko‘rgazmada yurtimizning madaniy merosi, milliy o‘ziga xosligi va tarixiy davomiyligini yorqin namoyon etuvchi qator eksponatlar namoyish etilib, har bir eksponat O‘zbekiston xalqining boy madaniyati, o‘ziga xos an’analari va tarixiy merosining yorqin ifodasi sifatida e’tirof etildi.

Xalqaro ko‘rgazma Milliy Osiyo madaniyat markazi muzeyining 600 kvadrat metrlik maxsus ekspozitsiya maydonida joylashtirilgan bo‘lib, keyingi 4 yil davomida Koreya xalqi e’tiboriga havola etiladi. Mazkur muzeyga yiliga 20 million nafarga yaqin tomoshabin tashrif buyurishi kutilmoqda.  

Tadbir doirasida Milliy Osiyo madaniyat markazi bosh direktori Kim Sangukka "O‘zbekiston madaniyati elchisi" faxriy unvoni tantanali ravishda topshirildi.

Bugungi kunga qadar, mazkur faxriy unvon bilan Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, Qatar, Turkiya, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Pokiston, Janubiy Koreyadan jami 16 nafar shaxs O‘zbekiston madaniyatini jahon hamjamiyatida keng targ‘ib etish borasidagi xizmatlari uchun taqdirlangan. Ushbu unvon ilk marotaba yaponiyalik Mashu Komazakiga taqdim etilgan.

N.Usmonova,

O‘zA