Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyalik jurnalistlar Surxondaryoda
18:21 / 2025-07-20

To‘rizm qo‘mitasi Janubiy Koreyada chop etiladigan mashhur “Move” (“Harakat”) jurnalining bir guruh xodimlari uchun Surxondaryo viloyatidagi arxeologik yodgorliklar va muzeylarga infotur tashkil etdi.

Shu kuni xorijlik jurnalistlar tarixi olis o‘tmishga borib taqaladigan viloyatdagi Fayoztepa, Qoratepa, Kampirtepa, Zurmala kabi noyob buddaviylik arxeologik yodgorliklari, Termiz arxeologiya muzeyi va muzey-qo‘riqxonasi bilan yaqindan tanishdi.

– O‘zbekistonga safarimiz chog‘ida bir necha viloyatda bo‘ldik, – deydi jurnalning ijodiy direktori Cho Min Gu.¬ – Turli din va madaniyatlarga oid tarixiy yodgorliklarni o‘zida jamlagan Surxondaryo bizda katta taassurot uyg‘otdi. Vohadan olingan suratlar asosida alohida fotokitob tayyorlashni rejalashtirdik.  

Koreyalik jurnalistlar kuz faslida yana Surxondaryo viloyatiga kelib, qadimiy voha bilan yaqindan tanishish istagini bildirdi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri