Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyadagi shifoxonada yong‘in sodir bo‘lib, 5 kishi halok bo‘ldi
11:47 / 2022-08-05

Koreya Respublikasining Ichxon shahridagi shifoxonada yong‘in sodir bo‘ldi, – deb yozadi “Yonhap” agentligi.

Yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi tan jarohati oldi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning ba’zilari tutundan zaharlangan. Yong‘in sodir bo‘lgan paytda tibbiyot muassasasida 46 kishi, jumladan, 33 nafar bemor bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilar fikriga ko‘ra, yong‘in virtual golf o‘ynash uchun muassasa joylashgan uchinchi qavatda boshlangan bo‘lishi mumkin. 

Hozirda bu bo‘yicha aniq tekshiruv ishlari olib borilmoqda, – deya xabar berdi “Yonhap”.