Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyadagi AESda yong‘in sodir bo‘ldi
10:42 / 2021-05-31

Janubiy Koreyaning Ulsan shahridagi «Shin-Kori» AESi turbinalarining biri yong‘in sodir bo‘lgani bois to‘xtatildi, deb xabar tarqatdi Renxap agentligi mamlakat yadroviy xavfsizlik bo‘yicha komissiya (NSSC) bergan ma’lumotga tayanib.

Agentlikning xabariga ko‘ra, yong‘in «Shin-Kori» AESning to‘rtinchi reaktorida sodir bo‘lgan. Oradan bir soatlar o‘tgandan keyin yong‘in o‘chirilgan. Hukumat yong‘in turbinadan kelib chiqqan, deb gumon qilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, komissiya yong‘inning aniq sababini bilish uchun AESga o‘zining tergovchilarini jo‘natadi. Hozircha qurbonlar yoki havoda radiatsiya tarqalgani haqda xabar berilmadi, elektrostansiya atrofida radiatsiya miqdori mumkin bo‘lgan me’yordan oshmagan.

Yong‘in chiqqan reaktorning quvvati 1,4 million kilovattga teng, ushbu reaktordan tijoriy foydalanish 2019 yildan boshlangan, deyiladi xabarda.