Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyada yapon mahsulotlariga joriy etilgan baykotga amal qiluvchilar soni ortmoqda
09:36 / 2020-12-23

Janubiy Koreya fuqarolarining har o‘ntasidan yetti nafari yapon mahsulotlari va xizmatlariga e’lon qilingan boykotga amal qilishda davom etmoqda.

Mazkur boykotni koreyaliklar o‘z mamlakatida ishlab chiqarilgan yuqori texnologiya mahsulotlari 2019 yilda Yaponiyaning “oq ro‘yxati”dan chiqarilgani tufayli e’lon qilgandi.  

“KBS” ning “Trend Monitor” kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, 19 dan 59 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning ming nafaridan 72 foizga yaqini hamon yapon mahsulotlariga boykotni davom ettirayotganini ma’lum qilgan.    

Tahlilchilar boykot e’lon qilinganidan bir yildan o‘tib ham bu holat davom etayotganini qayd etishgan.