Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyada vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimiz sharoiti o‘rganilmoqda
12:11 / 2022-01-10

Koreya Respublikasiga 2021 yil dekabr oyida kelgan o‘zbekistonlik ishchilarning yashash va mehnat sharoitini o‘rganish maqsadida monitoring olib borilmoqda.

Xususan, joriy yil 6 yanvar kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shaxridagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan 2021 yil 13 dekabr kuni ushbu mamlakatgan kelgan va 10 kunlik karantindan so‘ng Kvanju shahridagi «Ko Kvang» rom ishlab chiqarish zavodida ishga joylashgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Monitoring davomida fuqarolarimiz munosib mehnat va yashash sharoiti bilan ta’minlangangi aniqlandi.

Yurtdoshlarimiz bilan muloqot chog‘ida vakolatxona faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ish beruvchi tomon vakili fuqarolarimiz yuqori ish unumdorligini ta’minlayotganini ta’kidlab, kelgusida ularga koreys tilini puxta o‘rganish uchun ko‘proq vaqt ajratilishini bildirdi.

7 yanvar kuni yana 98 nafar vatandoshimiz Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yetib borgan. Incheon xalqaro aeroportida fuqarolarimiz tashkiliy tarzda kutib olingan. Ularga karantin davrida belgilangan qoidaga qat’iy rioya qilish muhimligi tushuntirildi.

Belgilangan tartibga muvofiq, 10 kunlik karantin davri hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng fuqarolarimiz ish joyiga borib mehnat faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan.

 

O‘zA