Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyada qatorasiga to‘rt oydirki savdo muvozanatida taqchillik kuzatilayapti
17:31 / 2022-08-01

Energomahsulotlarning narxi oshib ketgani bois Janubiy Koreya importi iyul oyida eksport hajmidan oshib ketdi.

Savdo muvozanatidagi ushbu taqchillik aprel oyidan buyon davom etmoqda. Mamlakatning savdo, sanoat va energetika  vazirligi dushanba kuni ushbu hisobotni e’lon qildi, deb yozmoqda TASS.  

Import hajmi eksport hajmiga qaraganda 4,7 milliard dollarga ko‘p bo‘lgan. Iyul oyida eksportning yillik ko‘rsatkichi bo‘yicha hisoblaganda 9,4 foizga  oshganiga qaramay, shunday holat kuzatilmoqda. Iyul oyida eksport ko‘rsatkichi  60,7 milliard dollarni tashkil etgan. Bu iyul oyi uchun 1956 yildan, ya’ni hukumat statistika olib borishni yo‘lga qo‘ygandan  buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir. Eng yaxshi o‘sish chip ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, kemasozlik, pulat quyish va neft mahsulotlari sohasida kuzatilgan.

Biroq, mamlakatning import ko‘rsatkichi ham keskin oshgan va  21,8 foizni, ya’ni 65,4 milliard dollarni tashkil etgan. Bu raqam ham iyul oyi uchun rekord hisoblanadi. 

 Janubiy Koreya savdo muvozanatidagi eng so‘nggi salbiy ko‘rinish 2008 yildagi moliyaviy inqiroz davrida qayd etilgan edi.