English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyada niqob taqmagan kishi jamoat transportiga chiqarilmaydi
17:35 / 2020-05-26

Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi kurash boʻyicha markaziy shtab 26-maydan boshlab avtobus, poyezd, metro va taksilarda yoʻlovchilarga niqob taqib yurishni majburiy qilmoqda.


Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi kurash boʻyicha markaziy shtab 26-maydan boshlab avtobus, poyezd, metro va taksilarda yoʻlovchilarga niqob taqib yurishni majburiy qilmoqda.

27-maydan boshlab esa, ushbu tartib samolyotlarda ham joriy qilinadi. Transport kompaniyalari xodimlari niqob taqib yurmagan yoʻlovchilarni transportga chiqarmasligi mumkin. Buning uchun ular yoki transport kompaniyasi javobgarlikka tortilmaydi.

“Hozirgi qonunchilikda, transportda niqob taqmagan yoʻlovchiga hech qanday jazo chorasi koʻzda tutilmagan. Shu bois transport xodimlari niqob taqmagan yoʻlovchilarga nisbatan hech qanday jazo chorasini koʻra olmaydi, faqat uni transportga chiqarmasligi mumkin, xalos“, — dedi Markaziy shtabdagilar.

Bundan avval ushbu tartibga Seul, Inchxon, Tegu shaharlarida amal qilinardi, endi u mamlakatning barcha mintaqasiga joriy qilinadigan boʻldi. Odamlar toʻplanadigan joylarda, transportlarda niqob taqib yurish qoidalari koʻrsatilgan plakatlar barcha joyga ilib tashlangan. Shu bois Janubiy koreyaliklar odatda shundogʻam transportlarga niqobsiz chiqmasdi. Biroq yoz kelishi bilan fuqarolar issiqdan shikoyat qilib, niqoblarni taqmaslikka yoki shunchaki xoʻja koʻrsinga taqib yurishga harakat qilmoqda.

Ayrim kishilar birov bilan suhbatlashayotganda yoki telefonda gaplashayotganda niqobni yechib qoʻymoqda. Transport vositalarida haydovchilar ovoz kuchaytirgichlar orqali yoʻlovchilarga niqob taqib yurishni muntazam ravishda eslatib turibdi, ammo yoʻlovchilar ushbu chaqiriqlarga har doim ham amal qilayotgani yoʻq yoki shunchaki rad etmoqda.

Kasallikning oldini olish va uni nazorat qilish markazlari rahbari Chon In Gyonning taʼkidlashicha, Janubiy Koreyaning ichki yoʻnalishlarida qatnayotgan samolyotlarda hali koronavirusga chalinish holati qayd qilinmagan. Shunday boʻlsada, 27-maydan boshlab samolyot bortlarida ham yoʻlovchilarning niqob taqib yurishi qattiq nazorat qilinadi.

Janubiy Koreyada mana ikki haftadirki, koronavirusga chalinish bilan bogʻliq har kuni taxminan 20 ta holat qayd qilinmoqda. Hozirgacha infeksiya yuqtirganlar soni 11 ming 225 kishiga yetdi. Jumladan, koronavirusga chalinganlarning toʻqqiz nafari avtobuslarda qayd qilingan boʻlsa, 12 kishi taksida infeksiya yuqtirgani aniqlangan.