Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreyada kurash bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi
11:44 / 2025-08-02

Bugun, 2 avgust kuni Janubiy Koreyada milliy sportimiz kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari boshlandi.

Chempionatda qit’aning 25 ga yaqin davlatidan 300 nafardan ortiq kurashchilar ishtirok etish uchun talabnomalar taqdim etgan.

Chempionat dasturiga ko‘ra, bugun yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.

Kecha chempionat oldidan Osiyo kurash konfederatsiyasining VII Kongressi bo‘lib o‘tdi.  

25 ga yaqin mamlakatning kurash federatsiyalaridan delegatlar ishtirok etgan kongress davomida kurashning qit’adagi rivoji, strategik yo‘nalishlar, kompleks musobaqalar dasturidagi o‘rnini mustahkamlash, oldindagi musobaqalar rejasi, “World Series Pro” turnirining yangi tartib-qoidalari muhokama qilindi. Tajriba almashinuv va o‘quv dasturlari yuzasidan muhim takliflar ilgari surildi.

Chempionat 5 avgustga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA