Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatgicha oshib bormoqda
Janubiy Koreyada COVID-19 bilan kasallangan og‘ir ahvoldagi bemorlarning kunlik miqdori pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgani ma’lum qilindi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.
Koreya kasalliklar profilaktikasi va nazorati agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi shifoxonalarda bemorlar uchun joy yetishmaslik holati kuzatilmoqda.
O‘tgan hafta oxirigacha bo‘lgan holatda shifoxonalardagi joylarning 85,4 foizini og‘ir ahvoldagi bemorlar band qilgan.
Hukumat va sog‘liqni saqlash organlari favqulodda holat tartibida va vaksinatsiyani faollashtirish sharoitida ishlamoqda.
Keyingi bir kunda, 328 holatda yangidan kasallanish qayd etilgan bo‘lib, 56 bemor virus qurboni bo‘lgan.