Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni yana ortdi
Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika agentligi (KDCA) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan yana 2 ming 427 ta yangi holat qayd etilgan bo‘lib, ularning umumiy soni 325 ming 804 taga yetdi.
Yonhap agentligi xabar berishicha, kecha kunlik infeksiya yuqtirish holatlari soni 2 mingdan oshgan.
– Butun mamlakat bo‘ylab og‘ir alomatlar bilan og‘rigan bemorlar soni 375 taga yetdi. Mamlakatda yana sakkiz kishi COVID-19dan vafot etgan, ularning umumiy soni 2 ming 544 kishini tashkil qilmoqda, – deyiladi agentlik xabarida.