Koreya Respublikasida iste’mol inflyatsiyasi yanvarda so‘nggi besh oy ichidagi eng quyi ko‘rsatkichga tushdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yillik inflyatsiya darajasi 2,0 foizni tashkil etdi. Bu dekabr oyidagi 2,3 foizga nisbatan past bo‘lib, bozor kutgan natijaga deyarli mos.
Bu o‘tgan yil avgust oyidan buyon qayd etilgan eng sekin yillik o‘sish. So‘nggi to‘rt oy davomida inflyatsiya Markaziy bank belgilagan 2 foizlik maqsaddan yuqori bo‘lib kelgan edi. Oylik hisobda esa narx 0,4 foiz ko‘tarilib, iqtisodchilar taxminiga yaqinlashdi. Neft mahsulotlari narxi esa 2,5 foiz arzonlab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 1,5 foiz qimmatlashdi.

Mamlakat Markaziy banki o‘tgan oy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirib, hozirgi yumshatish siyosati yakuniga yetayotganini bildirgan. Asosiy e’tibor milliy valyuta — von barqarorligini saqlashga qaratildi. Yil boshidan beri von dollarga nisbatan 0,8 foiz qadrsizlanib, 1 dollar uchun 1 451,5 von atrofida savdo qilinmoqda.
Umuman, Janubiy Koreyada narx bosimi asta-sekin susaymoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA