English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya yozgi Universiadani o‘tkazishga da’vogar
11:54 / 2022-07-20

Jahon talabalari Universiadasi Janubiy Koreyaning Chxunchxon muzofotida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar tarqatdi.

Aytilishicha, Xalqaro talabalar sporti federatsiyasi (FISU) 2027 yil Universiadani qabul qilish uchun da’vogarlik qilayotgan Chxunchxon va Shimoliy Karolina (AQSH)dan birini tanlashi lozim.

Koreyaliklar o‘yinlar aynan Chxunchxonda o‘tishiga erishish uchun olti oy mobaynida bir milliondan ziyod ovoz to‘plagan.


Chxunchxon muzofoti mamlakatning Sejon va Tejon shaharlari hamda Chungnam va Chungbuk viloyatlarini qamrab oladi. Hududda Janubiy Koreya talabalarining 20 foizi istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya shu paytgacha 2003 va 2015 yillari yozgi Universiada o‘yinlarini qabul qilgan.

FISU Ijroiya qo‘mitasi joriy yil noyabr oyida Bryusselda o‘tadigan yig‘ilish qarori bilan 2027 yilgi musobaqa manzilini belgilaydi.


T. Ro‘ziyev, O‘zA