Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya: Xakerlarning navbatdagi nishoni – xonadonlardagi kameralar
12:38 / 2025-12-02

Janubiy Koreyada uy va idoralarda o‘rnatilgan 120 mingdan ziyod IP-kamera xakerlar tomonidan buzilgani ma’lum bo‘ldi. Politsiya yakshanba kuni shu ish bo‘yicha to‘rt kishini qo‘lga oldi. Ular parol oddiyligidan foydalanib, tizimga kirgan va olingan tasvirlar asosida behayo lavhalar tayyorlab, xorijiy saytga sotgan.

Xakerlar bir-biridan mustaqil harakat qilgani ham aniqlandi. Jinoyatchilardan biri 63 000 kamerani buzgan va 545 video material yasab, 35 million von qiymatli kripto-aktivga sotgan. Boshqa bir jinoyatchi 70 000 kamera tasviridan foydalanib, 648 lavha uchun 18 million von ishlagan. Bu ikki shaxs so‘nggi bir yil davomida tegishli saytga joylangan barcha videolarning qariyb 62 foizi uchun mas’ul.

Ayni payt ichki xavfsizlik xodimlari noqonuniy saytni butunlay yopish maqsadida xorijiy idoralar bilan hamkorlikda xufiyona operatorni aniqlayapti. Shuningdek, materiallarni xarid qilgan uch kishi ham hibsga olingan.

Rasmiylar 58 nafar jabrdiyda bilan shaxsan uchrashib, ularga parolni zudlik bilan o‘zgartirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Politsiya bunday hujum insonga jiddiy ruhiy ziyon yetkazishini ta’kidlab, IP-kamera egalariga xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha maslahat bergan.

Musulmon Ziyo, O‘zA