Janubiy Koreya sohilida Rossiyaning “Kaltan” kemasida yong‘in yuz berdi
Janubiy Koreyaning Ulsan shahri yaqinida Rossiyaning “Kaltan” kemasida yong‘in yuz berdi. Yong‘inni o‘chirish hali ham davom etmoqda, deb xabar bergan RIA Novostiga Uzoq Sharq transport prokuraturasi.
Yong‘inni o‘chirish va qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 21 nafar ekipaj a’zosi qutqarib olingan.
Avvalroq Ryonxap agentligi Koreya Respublikasi qirg‘oq qo‘riqchilari xabariga tayanib, kema bortida 25 kishi borligi, to‘rt kishi bedarak ketgani haqida yozgan edi. Kema ekipajining barcha a’zolari Rossiya fuqarolari bo‘lgan. Hozirda voqea sabablari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.