English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya sobiq prezidentiga yangi ayblov qo‘yildi
15:16 / 2025-11-10

Janubiy Koreya maxsus prokurori mamlakat sobiq prezidenti Yun Sok Yolga nisbatan qo‘shimcha ayblovlar ilgari surilgani haqida xabar berdi. U hokimiyatni suiste’mol qilish va KXDRga yordam berishda ayblanmoqda.

Ta’kidlanishicha, Yol o‘tgan yili qisqa muddatga joriy etilgan harbiy holat doirasida Shimoliy Koreya bilan harbiy to‘qnashuv chaqirishga urinishda gumon qilinmoqda. Tergovchilar telefondan yozib olingan ma’lumotlarda dronlar, aniq zarba kabi Shimoliy Koreyaga nisbatan provokatsion muloqotlar bo‘lganini aniqlagan.

Ayblovga ko‘ra, Yol sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va harbiy razvedka boshlig‘i Yo In Xyon bilan birga KXDRni janubga qarshi harbiy harakatga undash rejasini tuzgan.

Bu orqali mamlakat ichidagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirib, harbiy holatni asoslash niyati bo‘lgani qayd etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yun Sok Yol shu yil aprel oyida Konstitutsiyaviy sud qarori bilan lavozimidan chetlatilgan edi. U hozirda turli siyosiy ayblovlar bilan sud jarayonida ishtirok etmoqda. Agar uning aybi isbotlansa, sobiq prezidentga o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin.

D.Hakimov, O‘zA