Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga mo‘ljallangan “Ozodlik ovozi” eshittirishini to‘xtatdi
Koreya Respublikasi 2010 yildan buyon birinchi marta Shimoliy Koreya aholisiga mo‘ljallangan targ‘ibot-tashviqot radio dasturini chekladi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib deb xabar tarqatdi.
— Mudofaa vazirligi ikki Koreya o‘rtasida harbiy keskinlikni yumshatishga qaratilgan sa’y-harakat doirasida “Ozodlik ovozi” eshittirishini to‘xtatdi, — deya, mudofaa vazirligi vakili so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
Janubiy Koreya 2010 yil Sariq dengizda Cheonan korveti cho‘kib ketgach, Koreya Xalq Demokratik Respublikasida tinglash mumkin bo‘lgan eshittirishni tiklagan edi. O‘sha qurilma halokat vaqti, noma’lum sababga ko‘ra, ikkiga bo‘linib ketgan. Seul rasmiylari kema Shimoliy Koreya torpedasi tomonidan cho‘ktirilganini ta’kidlagan.
Darvoqe, Janubiy Koreya yangi Prezidenti Li Chje Myon lavozimga kirishgandan beri tinchlik muhitida Shimol va Janub o‘rtasidagi ishonchni tiklash muhimligini ta’kidlab kelmoqda.
S.Rahimov, O‘zA