Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga 50 ming tonna guruch yuboradi
11:00 / 2019-06-20

Janubiy Koreya hukumati BMTning oziq-ovqat dasturi doirasida Shimoliy Koreyaga 50 ming tonna guruch yuboradi.


Janubiy Koreya hukumati BMTning oziq-ovqat dasturi doirasida Shimoliy Koreyaga 50 ming tonna guruch yuboradi. Bu haqda janubda faoliyat yurituvchi “Ryonxap” agentligi xabar beradi.

Koreya Respublikasi milliy birlashuv masalalari bo‘yicha vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, shimolliklar mazkur yordamni imkon qadar tezroq olishi uchun muloqotni jadallashtiradi. Bunday yordam 2010 yildan buyon ko‘rsatib kelinmoqda. Eslatib o‘tamiz, BMT ma’ruzasiga ko‘ra, shimolliklarning 40 foiz aholisi to‘yib ovqatlanmasligi qayd etilgan.