Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya qurol sotish bo‘yicha o‘z tarixida eng yirik kelishuvga erishdi
14:19 / 2022-08-01

Polshaga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘ Janubiy Koreya uchun tarixda eng yirik mudofaa eksporti bitimi hisoblanadi. Mazkur shartnomaning umumiy qiymati taxminan 14,5 milliard dollarni tashkil etadi, deyiladi Janubiy Koreyadagi "Meil Kyonchje" nashri tarqatgan xabarda.

Nashrning yozishicha, Janubiy Koreya mudofaa mahsulotlari eksporti bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yirik shartnomani imzolashga muvaffaq bo‘lgan. Uning qiymati avvalgi rekorddan qariyb besh barobarga ko‘p. O‘shanda Birlashgan Arab amirligiga qiymati 3,5 milliard dollarlik boshqariladigan o‘rta masofa Cheongung II M-SAM raketalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.  

Avvalroq Polsha Janubiy Koreyadan mingta K2 tanki, 600 ta K9 zambaragi va  FA-50 qiruvchi samolyotlaridan uchta eskadrilyani sotib olish bo‘yicha  kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edi.  

Polshaga mudofaa mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hujjatning imzolanishida Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem, Hanwha Defense va Korea Aerospace Industries (KAI) kabi yirik mudofaa  kompaniyalari ishtirok etgan. Xabarda keltirilishicha, Janubiy Koreya tomoni hozircha  ushbu bitimning tafsilotlarini sir tutmoqda.