Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya Pxenyandan muloqotni qayta boshlash taklifiga javob berishni so‘ramoqda
12:50 / 2021-10-14

Janubiy Koreya KXDRdan Seulning muloqotni qayta boshlash taklifiga javob berishini so‘ramoqda, deb bayonot berdi BMT Bosh Assambleyasining Birinchi qo‘mitasi majlisida janublik diplomat Sungxun Kim.

"Biz Shimoliy Koreyadan muloqotni boshlash bo‘yicha  taklifimizga javob berishini so‘raymiz", - dedi Sungxun Kim.

Janubiy Koreya bilan Shimoliy Koreya 27 iyulda munosabatlarni qayta yo‘lga qo‘yish va 2020 yil iyun oyida to‘xtab qolgan  kareyalararo aloqa liniyasi faoliyatini ham tiklash haqida e’lon qilishdi. Lekin avgust oyida Janubiy Koreya bilan AQSH birgalikda harbiy mashqlar o‘tkazgan paytda KXDR yana telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘ydi.

Sentyabr oxirida Janubiy Koreyaning birlashish vazirligi Seul KXDR bilan tezroq aloqa liniyasi tiklanishiga, shuningdek,  kareyalararo aloqa ofisining faoliyati ham qayta boshlanishiga umid bildirgan edi.

(S.Rahimov)