Janubiy Koreyada maxsus prokurorlar guruhi 2024 yil dekabridagi harbiy holat bo‘yicha sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan o‘lim jazosi berilishini talab qildi, deb xabar bermoqda “Yonhap” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, yakuniy sud majlisi Seul markaziy okrug sudida bo‘lib o‘tgan.
O‘lka prokuraturasi sobiq prezidentni sud va qonunchilik tarmoqlari ustidan nazoratni qo‘lga kiritish orqali hokimiyatni saqlab qolishga uringan davlat to‘ntarishiga rahbarlik qilganlikda ayblamoqda.
Ma’lumot o‘rnida: 2024 yil dekabrida Yun Sok Yol “KXDR tarafdori bo‘lgan kuchlarni yo‘q qilish” zarurligini aytib, mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Biroq bir necha soatdan keyin parlament harbiy holatni bekor qildi vadeputatlar prezidentga impichment e’lon qilish uchun ovoz berishdi. Shundan so‘ng, Yun Sok Yol hokimiyatdan chetlashtirildi va hibsga olindi.
G.Sattorova, O‘zA