English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya prezidenti Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishni buyurdi
18:48 / 2022-02-28

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In hukumat mas’ullariga Ukrainaga zudlik bilan insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu haqda prezident ma’muriyati matbuot kotibi Pak Kyung Mi ma’lum qildi.

– Ukrainaga insonparvarlik yordami bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘ring”, – degan mamlakat rahbari. Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Ruminiya va boshqa davlatlar Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatilishini e’lon qilgan edi.

“Yonhap” agentligi xabar berishicha, prezident Mun Chje In Janubiy Koreya fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash va Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli iqtisodiyotga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni buyurgan.

O‘tgan hafta Koreya yetakchisi Seul Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalarga qo‘shilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Ukrainada yuz berayotgan voqealar tufayli Rossiyaga, prezident Vladimir Putinga nisbatan sanksiyalar kiritilmoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopdi. RF va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ro‘yxatdan o‘tgan tranzit reyslari ham bekor qilindi.