Janubiy Koreya Prezidenti Pelosi bilan ko‘risholmaydi
Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Seulda bo‘lib turgan AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalamoqda. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Prezident ma’muriyati Janubiy Koreya yetaksi Pelosi bilan uchrashish uchun besh kunlik ta’tilini to‘xtatmoqchi emasligini ma’lum qildi.
AQSH Kongressi quyi palatasi spikeri bugun Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi raisi Kim Jin Pxyo bilan ko‘rishadi. Shundan keyin amerikalik parlamentariylar Shimoliy Koreya chegarasida joylashgan Pxanmunjga borib, harbiy xizmatchilar bilan uchrashadi.