Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya – O‘zbekiston: Texnik jihatdan tartibga solish sohasida hamkorlik
15:19 / 2025-10-02

Seul shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya standartlar va texnologiyalar agentligi (KATS) rahbari Dayeja Kim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida texnik tartibga solish sohasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, standartlashtirish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, xalqaro standartlarni joriy etish, kadrlar tayyorlash hamda texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2,6 milliard dollarga yetgani qayd etilib, eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar va mahsulotlarga qo‘yiladigan talablarni muvofiqlashtirish ahamiyati ta’kidlandi.

Uchrashuvda KCL bilan O‘zbekistonda maishiy konditsionerlarning energiya samaradorligini baholash laboratoriyasi tashkil etilgani, KATRI bilan tekstil mahsulotlari sohasida kadrlar malakasini oshirish ishlari olib borilayotgani hamda KOICA orqali grant va texnik yordamlar jalb etilayotgani e’tirof etildi.

Tomonlar yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy laboratoriyalarni barpo etish va texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya hamda muvofiqlikni baholash sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan anglashuv memorandumini imzoladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA