Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya — Osiyoning muntazam mundial ishtirokchisi
15:53 / 2026-03-10

2018-yilgi Rossiyada o‘tgan chempionatda esa guruh bosqichida Germaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etgani katta sensatsiya sifatida e’tirof etiladi.

Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri sanalgan Janubiy Koreya joriy yilda AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ham ishtirok etadi.

Janubiy Koreya terma jamoasi tarixi

Janubiy Koreya terma jamoasi 1948-yilda FIFAga a’zo bo‘ldi va shu yilning o‘zida ilk rasmiy   o‘yinini Meksikaga qarshi o‘tkazib, 5:3 hisobida g‘alaba qozongan. Terma jamoa o‘zining eng yirik g‘alabasiga Nepalga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgan 16:0. Eng yirik mag‘lubiyatini esa Shvetsiyadan qabul qilib olgan. O‘sha bahsda "Osiyo yo‘lbarslari" o‘z darvozasidan 12ta to‘p olib chiqqan.  

Jahon chempionatlaridagi ishtiroki

"Osiyo yo'lbarslari" shu kunga qadar Jahon chempionatida 11 marta qatnashgan. Ilk ishtirok 1954-yilga to‘g‘ri keladi. Shvetsariyada o‘tgan o‘sha mundialda jamoa guruh bosqichida ishtirok etgan va Vengriyaga 0:9, Turkiyaga 0:7 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Shundan so‘ng koreyslar 1986-yildan boshlab muntazam ravishda mundialda qatnashib kelmoqda. Eng yaxshi natija 2002-yilda qayd etilgan — o‘z yurtida va Yaponiya bilan hamkorlikda o‘tkazilgan chempionatda yarim finalgacha yetib borgan. Bu Janubiy Koreya tarixidagi eng katta yutuq hisoblanadi. Shuningdek, jamoa 2010 va 2022-yilgi mundiallarda 1/8 finalga chiqqan. 2018-yilgi Rossiyada o‘tgan chempionatda esa guruh bosqichida Germaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etgani katta sensatsiya sifatida e’tirof etiladi.

Hozirda jamoani Hong Myung-bo boshqarmoqda. Terma jamoaning 20 nafarga yaqin futbolchisi xorij chempionatlarida to‘p surmoqda. Terma jamoaning umumiy transfer qiymati taxminan 114 million yevro atrofida baholanmoqda.

Eng yaxshi futbolchilari

Eng qimmat futbolchi — Kim Min-jae, u Germaniyaning "Bavariya" klubi a’zosi hisoblanadi. Janubiy Koreya tarixidagi eng yaxshi to‘purar — Cha Bum-kun hisoblanadi. Uning hisobida 58 ta gol mavjud.  Terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi ham aynan Cha Bum Kun (136 o‘yin).

Eng mashhur koreys futbolchilari qatorida Son Hyon Ming, hamda  Park Ji-sung e'tirof etiladi. Park "Manchester Yunayted" safida APL va Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan. Son esa "Tottenhem" bilan Yevropa ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritgan.

Janubiy Koreya mundiallarda doimiy ishtirok va intizomli o‘yini bilan ajralib turadi. Yangi chempionatda ham “Osiyo yo‘lbarslari” yuqori natijalarni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Janubiy Kopreya bo‘lajak mundialda “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, Meksika, Janubiy Afrika Respublikasi hamda pley-off g‘olibi bilan bahs olib boradi. Ular ilk uchrashuvini 12-iyun kuni pley-off g‘olibiga qarshi o‘tkazadi. 19-iyun kuni ikkinchi tur doirasida mezbon Meksikaga qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichidagi so‘nggi bellashuv 25-iyun kuni Janubiy Afrika Respublikasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.