Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya mudofaa xarajatini oshirmoqchi
18:40 / 2025-08-26

Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon Vashingtonda AQSH yetakchisi Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi. Muloqot yakuni bo‘yicha chiqish qilarkan, u Seul kelajakdagi ehtimoliy harbiy mojarolarda ustunlikka erishishni ko‘zlab, o‘z Qurolli kuchlarini “aqlli” qilish uchun xarajat oshirilishini aytdi:

- Avvalo, biz mudofaa byudjetini oshirib, Koreya armiyasini “aqlli” jamoaga aylantiramiz, ilg‘or texnologiya va harbiy aktivlarni qo‘lga kiritish uchun mablag‘ sarflaymiz.

Shuningdek, Janubiy Koreya rahbari mamlakati mintaqaviy xavfsizlikda muhim o‘rin egallashi, Koreya yarim orolini yadrosizlantirishga erishishi bo‘yicha hamkorlik yuzasidan ham kelishuvga erishilganini qo‘shimcha qildi.

- AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyadan yaqinlashib kelayotgan “yadro va raketa tahdidi”ga umumiy javob qaytaradi, - deya so‘zini davom ettirdi Li Chje Myon uch tomonlama hamkorlik xususida gapirarkan. - Seul va Vashington KXDR bilan muloqotga intiladi va shu bilan birga Pxenyanning ehtimoliy buzg‘unchiligiga “qat’iy javob berish” niyatida.

S.Rahimov, O‘zA