Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekistondagi sayyohlik yarmarkasida ishtirok etadi
13:32 / 2024-10-04

Sayyohlik va turizm iqtisodiy rivojlanish drayveri – harakatlantiruvchi kuchi. Turizm xizmat ko‘rsatishga asoslangan iqtisodiyotni yaratish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi. 

Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Seul shahrida Janubiy Koreya turizm tashkiloti ijrochi direktori Li Xak Chu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida Li Xak Chu mamlakatimizning boy madaniy va sayyohlik salohiyati, shuningdek, turizmning yangi turlari rivojlanayotganini hisobga olgan holda, Janubiy Koreyada O‘zbekistonga qiziqish ortib borayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Janubiy Koreya turizm tashkilotlari 2024 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etishi va turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida qo‘shma marketing tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA