Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya it go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi
15:44 / 2024-01-09

2027 yildan boshlab itlarni oziq-ovqat uchun boqish va ularning go‘shtini sotish Janubiy Koreyada og‘ir jarimalar va 3 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi.

Tegishli qonun Seul parlamenti tomonidan qabul qilindi va shu bilan ko‘p asrlar davomida mavjud bo‘lgan amaliyotga chek qo‘yildi. Taqiq uchun 208 deputat ovoz berdi, yana ikki nafari betaraf qoldi, deb yozadi, “The Korea Times” nashri. 

Qonunda aytilishicha, itni o‘ldirish uch yil qamoq yoki 30 million von ya’ni 20 ming 800 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Bundan tashqari, yangi qonun it go‘shti sanoatida ishlaydigan odamlarni qayta tayyorlash ishlariga yordam berishni ham o‘z ichiga oladi. Bu mavzu bir necha yillardan beri muhokama qilinmoqda edi. 

Janubiy Koreyada it go‘shti an’anaviy ravishda issiqqa chidamlilikni oshirish vositasi sifatida qabul qilingan. So‘nggi yillarda, ayniqsa, yoshlar bu masalaga o‘zlarining noroziliklarini bildirib, it go‘shti iste’mol qilishdan bosh tortishayotgan edi. Uzoq muhokamalardan keyin qabul qilingan qonunni mamlakat prezidenti Yun Sok Yol ham qo‘llab-quvvatlagan. 

Hayvonlar huquqlari faollari, jumladan, itlarni shafqatsiz usullarda ya’ni, elektroshoker bilan yoki osib qo‘yish orqali so‘yish amaliyotini tanqid qilib kelayotgan edi.

Janubiy Koreya qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil aprel oyida 1100 ga yaqin fermer xo‘jaliklari oziq-ovqat uchun itlar boqish bilan shug‘ullangan, jami 570 ming it boqilgan va 1600 ta restoranda it go‘shtidan pishirilgan taomlar bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatilgan.