Janubiy Koreya iste’molchilar agentligi vakillari bilan uchrashuv
Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Savdo va taraqqiyot bo‘yicha Konferensiyasi (UNCTAD) tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Xalilillo To‘raxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.
Mazkur konferensiya doirasida Qo‘mita raisi Xalilillo To‘raxo‘jayev Janubiy Koreya Iste’molchilar agentligi prezidenti janob Yun Su Xyon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, tovar va xizmatlar sifati, shuningdek, raqamli bozorda iste’molchi manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ikki tomon o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

UNCTAD konferensiyasi doirasidagi ushbu muloqot o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlaydi va istiqbolli loyihalarga yo‘l ochadi.
Nigora Rahmonova,
O‘zA