Janubiy Koreya o‘zining birinchi yadroviy suv osti kemasini ishlab chiqarishi uchun taxminan 10 yil kerak, deb yozdi "Ryonxap" axborot agentligi mamlakat dengiz floti shtabi boshlig‘i admiral Kang Dong Gilga tayanib.
Ta’kidlanishicha, mulozim mazkur bayonotni payshanba kuni parlament sessiyasida aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Dosan An Chxanxo” toifali bu qurilma loyihasi doirasida yadroviy suv osti kemasi yaratish bo‘yicha hali qaror qabul qilinmagan.
“Agar tegishli taklif tasdiqlansa, amaliy ish taxminan 10 yil davom etadi”, deyilgan xabarda.
Admiral kelajak suv osti kemasining sig‘imi 5000 tonna yoki yanada ko‘proq, boyitilgan uran darajasi “tinchlik maqsadiga mos” tarzda 20 foiz yoki kamroq bo‘lishini ta’kidladi. Avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyaga eski dizel yonilg‘isida ishlaydigan suv osti kemalari o‘rniga yadroviy shunday qurilma yaratish taklifini berganini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Amerika yetakchisi 31 oktyabrdan 1 noyabrgacha Kyonchju shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti oldidan uyushtirilgan tadbirlarda ishtirok etish uchun 29-30 oktyabr kunlari Janubiy Koreyada bo‘lgan edi.
S.Rahimov, O‘zA