O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yildan-yilga mustahkamlanib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.
Ikki do‘st o‘lka iqtisodiy hamkorlikdan tortib ta’lim, madaniyat va texnologiya sohalarigacha bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlarda samarali loyihalarni yo‘lga qo‘ygan.
Xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik va o‘zaro hurmat bugungi munosabatlarning mustahkam poydevorini tashkil etmoqda, deyish mumkin.
Istiqlol bayrami arafasida “Diplomatik rakurs” loyihamiz uchun Janubiy Koreyaning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon bilan suhbat tashkil qildik.
Muloqot davomida koreys diplomati o‘lkamizda faoliyat olib borish o‘ziga sharaf ekanini ta’kidlab, O‘zbekistonning keng qamrovli islohotlari, xalqaro maydonda nufuzining oshib borayotgani va ikki tomonlama aloqalarning istiqbollari haqida fikr bildirdi.
Elchi shuningdek, koreys va o‘zbek xalqlarini bog‘lab turgan umumiy qadriyatlar va insoniy yaqinlikni alohida e’tirof etdi. Uning ta’kidlashicha, bu omil ikki davlat hamkorligining samarasini yanada oshirib, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlamoqda.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/yo4Czt6Sg1U" title="Janubiy Koreya elchisi: Buxoriyning yurtida faoliyat olib borish men uchun sharaf " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA