Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiya harbiylari Shimoliy Koreyaning raketa dasturini muhokama qilmoqda
11:42 / 2022-03-29

Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Von In Chxol va uning amerikalik hamda yaponiyalik hamkasblari Mark Milli bilan Kodzi Yamadzaki 30 mart kuni Gavay orolida uchrashadi. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lum qildi.

"Uchrashuvda asosiy mavzu Koreya yarimorolida va Shimoli-Sharqiy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun har tomonlama hamkorlik qilish masalasiga bag‘ishlanadi", – deyiladi hujjatda. Xabarda keltirilishicha, tomonlar Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yuzaga kelgan vaziyat hamda KXDRning raketa dasturini muhokama qiladi. Bu borada uch davlat harbiylarining oxirgi uchrashuvi o‘tgan yili aprel oyida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda ular KXDRning raketa va yadro tahdidan xavotirini bildirib, o‘ch tomonlama hamkorlik muhim ekanini ta’kidlagan edi. 

2022 yil 24 mart kuni KXDR qurolli kuchlari mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning buyrug‘i bilan "Xvason-17" qit’alararo ballistik raketasini uchirgan edi. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ushbu raketa sinovi tufayli  Pxenyanni yadro sinoviga hamda raketa parvozlariga qo‘ygan ixtiyoriy moratoriysini buzganlikda aybladi.