Janubiy Koreya – AQSH: Kosmik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi
Janubiy Koreya va AQSH diplomatlari tomonlarning kosmik sohadagi hamkorligini rivojlantirishga kelishib oldi.
Yonhap News bu haqda janubliklarning tashqi ishlar mahkamasi ma’lumotiga asoslanib xabar tarqatgan. Tomonlar Vashingtondagi uchrashuvda shunday kelishuvga erishgan.
Uchrashuvda Janubiy Koreya tomonidan tashqi ishlar mahkamasining yadro energetikasi va yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha vakil Pak Il, Amerika tomonidan esa Qurollar ustidan nazorat va kelishuvlar bo‘yicha Byuro vakili Erik Desotels (Eric Desautels) qatnashgan. Vakillar kosmik xavfsizlikka doir tizimli hamkorlik qilishga kelishib olgan.