Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Janubiy Kemachi“ konida qayta taʼmirlangan quduqdan tabiiy gaz va gaz kondensati olinmoqda
12:29 / 2020-05-20

Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy Kemachi” konidagi bir qancha quduqlarda kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.


Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy Kemachi” konidagi bir qancha quduqlarda kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

“Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ mutaxassislari hissasi bilan 70-sonli quduqda ham qayta kapital taʼmirlash ishlari olib borilishi natijasida undan oʻrtacha kunlik 50 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,45 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati maʼlum qilishicha, “Janubiy Kemachi“ gazokondensat koni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan boʻlib, 1978-yilda ishga tushirilgan.