Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Afrikada Rossiya - Ukraina ziddiyati bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi
17:05 / 2025-12-02

Bu haqda “Euronews” nashri yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, SA davlat radiosi boshqaruvchilaridan biri – 39 yoshli Nonkululeko Mantula rus armiyasi uchun mahalliy fuqarolarni yollaganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan

Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Mantula to‘rt nafar erkakni Rossiya harbiy kuchlarida xizmat qilishga undagan va ularning parvozini tashkil qilgan. Uch kishi Dubay orqali Moskvaga uchib ketmoqchi bo‘lgan payt aeroportda qo‘lga olingan. Yana biri esa allaqachon manzilga yetib borgani taxmin qilinmoqda. Hibsga olingan besh kishi sud qarorigacha qamoqda qoladi.

Janubiy Afrika qonunlariga ko‘ra, davlat ruxsatisiz boshqa mamlakat armiyasida xizmat qilish qat’iyan man etiladi. Bu voqea mamlakatda Kreml ta’siri bilan bog‘liq muammo kuchayishi asnosida yuz bermoqda.

Politsiya alohida tergov doirasida sobiq prezident Yakob Zumaning qizi Duduzile Zuma-Sambudla ustidan ham  jinoiy ish qo‘zg‘agan. Ayblanuvchi 17 nafar erkakni “xavfsizlik bo‘yicha o‘qitish” va’dasi bilan aldagani, aslida esa ularni Sharqiy Ukrainadagi jang maydoniga yuborgani gumon qilinmoqda.

2023 yilgi xalqaro tadqiqotga ko‘ra, Zuma-Sambudla nazoratidagi ijtimoiy tarmoq sahifalari Rossiyaning nizo haqidagi targ‘ibotini keng targ‘ib etgan.

Hozir Janubiy Afrika hukumati Ukrainada qolib ketgan 17 fuqarosi taqdirini o‘rganyapti. Jabrlanuvchilarning pasporti va kiyimlari yoqib yuborilgani, telefonlari olib qo‘yilgani haqida ma’lumotlar bor. Rasmiylar ularni qaytarish uchun xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik o‘rnatgan.

Hukumat fuqarolarga RF bo‘yicha “ish” “o‘qish”, “xavfsizlik tayyorgarligi” kabi takliflar bilan chiqayotgan noma’lum shaxslarga ishonmaslikni qat’iy tavsiya qilmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA