Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Afrikada qurolli mojarolar davom etmoqda
14:25 / 2025-12-22

Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahri yaqinidagi Bekkersdal shaharchasida sodir etilgan ommaviy otishma oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, o‘n nafar fuqaro jarohat oldi, deb yozmoqda “Euronews” nashri.

Ta’kidlanishicha, voqea yakshanbaga o‘tar kechasi, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 01:00 larda ro‘y bergan.

O‘lka huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, oq rangli mikroavtobus va kumushrang yengil avtomobilda kelgan noma’lum shaxslar spirtli ichimliklar do‘konidagi odamlarga qarata o‘q uzgan.

Gumonlanuvchilar soni o‘n nafardan ortiq bo‘lishi mumkin. Hozirda keng ko‘lamli qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumki, Janubiy Afrikada qurolli zo‘ravonlik holatlari tez-tez uchrab turadi. So‘nggi haftalarda ham shunga o‘xshash bir necha hujumlar qayd etilgan. Mutaxassislar buni noqonuniy qurol aylanmasi va ijtimoiy beqarorlik bilan bog‘lamoqda. Mamlakat rasmiylari esa bunday jinoyatlarga qarshi choralarni kuchaytirishga va’da bergan.

Musulmon Ziyo, O‘zA