Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Afrikada odamlar gazdan zaharlandi
12:03 / 2023-07-07

Janubiy Afrikada kamida 17 kishi, jumladan, uch nafar bola gaz sizib chiqishi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar beradi “Sky News” nashri.

Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Yoxannesburg shahri yaqinidagi Boksburg tumanida sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng ikki kishi shifoxonaga olib ketilgan.

Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlarni boshqarish xizmati vakili Uilyam Ntladi “SABC” davlat teleradiokompaniyasi muxbiriga shunday dedi: Hozircha qurbonlar 24 nafar, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Qidiruv guruhi gaz chiqqan manba atrofida 100 metr radiusda qurbonlarni izlayapti.

Mahalliy rasmiylar hodisa gazni noqonuniy qazib olish harakatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytgan.