Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubiy Afrika va AQSH yetakchilari nimalarni gaplashdi?
14:10 / 2025-05-22

Janubiy Afrika prezidenti Kiril Ramafosa Oq uyga tashrif buyurdi va so‘nggi paytlarda mamlakatlar o‘rtasida avj olgan keskinlikni yumshatishga erishdi, deb yozmoqda “BBC” nashri.

Muloqot avvalida Ramafosa AQSH bilan savdo aloqalarini yaxshilash uning ustuvor vazifasi ekanini ta’kidladi

Ikki davlat rahbari o‘rtasidagi suhbat 59 nafar janubiy afrikalikning qochqin maqomida AQSHga kelganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Ramafosa ularni “qo‘rqoqlar” deb atagan edi.

Dastlab iliq va samimiy boshlangan muzokara Tramp video taqdimot qo‘yilishini aytganidan so‘ng biroz jiddiylashdi. Tasvirlarda fermerlar dafn etilgan joy aks etganini ko‘rish mumkin edi. Qo‘shma Shtatlar yetakchisi hamkasbiga Janubiy Afrikada oq tanlilar boshdan kechirayotgan “hikoyalar”ning bosma nusxalarini topshirdi va holat bo‘yicha “tushuntirish” so‘radi.

Ramafosa videodagi muxolifatning hayqiriqlariga shunday javob berdi:

–  Siz ko‘rganingiz va eshitganingiz bu hukumat siyosati emas. Bizda odamlarga o‘z huquqlarini himoya qilish imkonini beruvchi ko‘p partiyaviy demokratiya mavjud, -dedi u.

Mehmon shuningdek, o‘z delegatsiyasining oq tanli a’zolarini, jumladan, golfchilar Erni Els va Retiyef Guzenni va Janubiy Afrikaning eng boy odami Iogann Rupertni misol tariqasida ko‘rsatdi.

–Agar genotsid bo‘lsa, bu uch janob bu yerda bo‘lmas edi, – dedi Ramafosa.

Odatda Janubiy Afrikada irqga asoslangan jinoyatlar soni oshkor etilmaydi, biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil oktyabr va dekabr oylari orasida mamlakatda 10 mingga yaqin odam o‘ldirilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA