1998-yil Fransiya yashil maydonlari mezbonlik qilgan mundialda JAR o‘z debyutini amalga oshirgan.
Xabaringiz bor, 2026-yilning iyun va iyul oylarida Jahon chempionati turiniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning "A" guruhidan mezbon Meksika, Janubiy Koreya, pley-off bosqichi g‘olibi va biz to‘xtalib o‘tmoqchi bo‘lganimiz Janubiy Afrika Respublika terma jamoai joy olgan.,

Dastlabki uchrashuvlari
Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi o‘zining ilk uchrashuvini Argentinaga qarshi o‘tkazgan va minimal hisobda g‘alaba qozongan. Eng yirik g‘alabasini esa 1955-yilda qo‘lga kiritgan. O‘shanda qora qit’a vakillari Avstraliya terma jamoasini 8:0 hisobida tor-mor etgan edi. Eng yirik mag‘lubiyatini esa 1920-yilda Angliyadan qabul qilib olgan 1:9.
Jahon chempionatidagi ishtiroki
Janubiy Afrikaliklar o‘z tarixida 3 bor Jahon chempionatida ishtirok etgan. 1998-yil Fransiya yashil maydonlari mezbonlik qilgan mundialda JAR o‘z debyutini amalga oshirgan. Biroq ilk ishtirok omadsiz tarzda yakunlangan. Jamoa turnir bilan guruh bosqichining o‘zida xayrlashishga majbur bo‘lgan. Oradan 4 yil o‘tib Osiyo qit’asida o‘tkazilgan Jahon chempionatida ham jamoa 1 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan holda, guruhda 3-o‘rinda qolib ketgan. 2010-yilga kelib mundialga aynan Janubiy Afrika Respublikasi mezbonlik qildi. Ochilish o‘yinida JAR Meksikaga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang natija qayd etgan edi. 2-turda Urugvayga qarshi uchrashuv esa ular uchun omadsiz tarzda yakunlandi. So‘nggi turda sensatsion tarzda Fransiya mag‘lub etildi. Biroq bu jamoaga nimchorak final yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘lmadi va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi yana guruh bosqichida musobaqani yakunladi.

JAR Afrika millatlar kubogida 1 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. Bir marta kumush va ikki marta bronza medallariga ega chiqqan. 1997-yilda esa Afro-Osiyo Millatlar kubogida ham chempionlikni tantana qilgan. Ayni vaqtda Janubiy afrikaliklar FIFA reytingida 60-o‘rinni egallab turibdi.

Jahon chempionatini JAR 11-iyun kuni Meksikaga qarshi bahs bilan boshlaydi. 2-turda esa 18-iyun kuni UEFAdan pley-off g‘olibi sifatida qo‘shiladigan jamoaga qarshi maydonga tushadi. 3-turda Janubiy Koreya bilan 24-iyun kuni bahs olib boradi.