Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubda Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari sharaflanmoqda
17:48 / 2023-06-01

Surxondaryo viloyatida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram shodiyonalari Denov tumanida “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Unda voha tumanlari va Termiz shahridan kelgan bolajonlar, ota-onalar, nuroniylar va viloyat faollari ishtirok etmoqda.

Tuman markazidagi “Afrosiyob” hamda “Eko” madaniyat va istirohat bog‘larida Termiz shahri va tumanlar uchun ajratilgan pavilonlarda turli ko‘rgazmalar, quvnoq o‘yinlar, teatrlashtirilgan qiziqarli konsert-tomoshalari va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar namoyish etilmoqda. “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida tashkil etilgan festivalda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladi.  

Janubdagi viloyatda 18 yoshgacha bo‘lgan 1 milliondan ortiq bola ulg‘aymoqda. Kelajagimiz bunyodkorlarining bilimli, aqlli, dono va baxtli voyaga yetishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Baxtli bolajonlar vohadagi 948 maktab va 2 ming 489 maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularning 161 ming 380 nafari Denov tumanida yashaydi. O‘g‘il-qizlarni har taraflama barkamol voyaga yetkazish uchun tuman 102 maktab va 358 maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Festival doirasida viloyat rahbari tuman markazida qayta rekonstruksiya qilingan Sharof Rashidov nomli ko‘chaning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.  

[gallery-12168]

– Yangi qiyofada bo‘y ko‘rsatgan bu ko‘cha ham bolajonlar bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi, – dedi U.Qosimov. – Keng, ravon ko‘chada transport vositalari va yo‘lovchilar, ayniqsa, bolajonlarning xavfsiz harakatlanishi uchun barcha qulaylik yaratildi. Tuman markazidagi 13 kilometr yo‘lni yangidan qurish uchun 207 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, 8,1 milliard so‘m mablag‘ evaziga 6 kilometr masofaga 10 mingdan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan hamda 22,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, 10 kilometr oqava suv quvurlari yotqizildi. Ayni paytda ko‘cha bo‘yida 1 ming 500 oilaga mo‘ljallangan 33 yangi ko‘p qavatli zamonaviy uy-joy ham bunyod etilmoqda. 

Hududdagi “Eko” madaniyat va istirohat bog‘i qariyb 21 milliard so‘m mablag‘ hisobiga qayta rekonstruksiya qilinib, bolajonlarning bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazishi uchun zarur qulaylikka ega bo‘ldi. Tumandagi “Afrosiyob”, “Eko” madaniyat va istirohat bog‘lari hamda Sh.Rashidov nomli ko‘chada tashkil etilgan viloyat festivali qizg‘in davom etmoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA