Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubda vatanparvarlik oyligi boshlandi
21:28 / 2021-12-01

Mudofaasiga vazirligining Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda “Xalq va armiya bir tanu bir jon!” shiori ostidagi Vatanparvarlik oyligiga start berildi.

Prezidentimizning 2021 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Termiz shahridagi talim muassasalarining o‘quvchi- yoshlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining o‘ttiz yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash jarayonida o‘tkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlab, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jahonda milliy armiyamiz nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

Oylikning tantanali ochilish qismi harbiy qismning muhtasham madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Unda Janubiy operativ qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat yeyengashi mutasaddilari ananaviy oylikning mazmun-mohiyati va hozirgi glaballashuv davrida yoshlar ongu-shuurida Vatanga muhabbat, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritdi. 

Harbiy qismlarda osayishtaligimiz posbonlari uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va harbiy xizmatchilarning dala mashg‘ulotlari hamda armiya o‘yinlarida exrishgan yutuqlari aks etgan video lavhalar namoyish etildi. 

Yilning o‘tgan davrida yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan turli tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh yigit-qizlarga Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i, polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev esdalik sovg‘alari hamda yangi chop etilgan kitoblarni tuhfa qildi.

Tinch, to‘kin yurtda xalq bilan armiya yakdilligini keng namoyon etgan tadbir harbiy qism stadionida faxriy qorovul va harbiylarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari hamda zamonaviy qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi bilan yakunlandi.

O‘quvchi-yoshlar faxriy qorovul shaxsiy tarkibi bilan esdalik uchun suratga tushdi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA muxbiri