French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubda shafoat va mag‘firat oyi yuksak saviyada o‘tkaziladi
11:34 / 2026-02-18

Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyatida bu oyni milliy an’ana va qadriyatlarga mos yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratildi.

Viloyatda “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mahallalarni o‘zaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish, yer, suv, havo va tabiiy muhitni asrash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirish, Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, ixcham, mazmunli va tejamkorlik asosida o‘tkazish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Jome masjidlarida мўмин-musulmonlarning ibodatlarini xotirjam ado etishi uchun barcha sharoit yaratildi.

Muqaddas oy arafasida mutasaddi rahbarlar tarovih namozi ado etiladigan masjidlarni ko‘zdan kechirib, жамоат tartibini saqlash, masjidlarning sanitariya holati va harakat xavfsizligini ta’minlash choralarini belgilab oldi. Атрофи obodonlashtirilib, tartibga keltirildi. 

Bandixon tumanida ham islom dinining insonparvarlik mohiyati, o‘zaro ahillik, saxovat va shukronalik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan shafoatli oy yuqori saviyada o‘tkaziladi. Mo‘min-musulmonlar tarovih namozlarini barcha sharoitlarga ega jome masjidlarida o‘qiydi. Yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish uchun tuman hokimi Abdumalik Allamurodov “Saidmuhammad” va “Eshoni Ahmad hoji” jome masjidlarida bo‘lib, obodonlashtirish va sanitariya holatini o‘rgandi. Jamoat tartibini saqlash, harakat xavfsizligini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishi, elektr ta’minoti va yoritish tizimlarining sozligi, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlanish choralarini ko‘rish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish topshirildi. Taklif va tavsiyalarini bildirdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ramazon oyida viloyatdagi 130 dan ortiq jome masjidida tarovih namozi ado etiladi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri